
05.03.2025
Iste’mol bozori ko‘plab mahsulotlar va xizmatlarni taklif etayotgan zamonaviy dunyoda, muddatli to‘lov va kredit kabi moliyaviy vositalar foydali qaror qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bu ikki vosita ham o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega bo‘lib, ular orasidagi tanlov xaridorning individual ehtiyojlari, moliyaviy imkoniyatlari va maqsadlariga bog‘liqdir.
Ushbu maqolada biz, jismoniy shaxslar uchun muddatli to‘lov va kredit orasidagi farqlarni hamda foiz stavkalarini batafsil tahlil qilamiz. Bunda siz bilan, mamlakatimiz banklaridagi kredit takliflarini hamda moliyaviy tashkilotlar va savdo markazlarining muddatli to‘lov rejalarini ko‘rib chiqamiz.
Muddatli to‘lovning afzallik va kamchiliklari
Afzalliklari:
Kamchiliklari:
O‘zbekistonda mavjud muddatli to‘lov takliflari bo‘yicha misollar.
I. Savdo Markazlari:
II. Muddatli to‘lov ilovalari:
III. Onlayn do‘konlar:
Shuningdek, kredit tizimining afzallik va kamchiliklarini ham ko‘rib chiqamiz.
Afzalliklari:
Katta miqdordagi pul mablag‘larini uzoq muddatga olish imkoniyatini beradi. Bunday kreditlar odatda avtomobil yoki xonadon kabi yirik xaridlar uchun mo‘ljallangan.
Turli xil ehtiyojlar uchun kredit dasturlarining keng tanlovi. Banklarda foiz stavkalari, muddatlari va to‘lov shartlari bilan ajralib turuvchi turli xil kredit dasturlari taklif etiladi.
Kreditni o‘z vaqtida to‘lash bilan kredit tarixini yaxshilash imkoniyati.
Kamchiliklari:
Qo‘shimcha foizlar xarid narxini oshiradi. Kredit dasturlarida foiz stavkalari sezilarli darajada yuqori bo‘lishi mumkin.
Mijozga nisbatan qattiq talablar.
Banklar mijozning kredit tarixi va moliyaviy holatini sinchkovlik bilan tekshiradilar.
Xavfsizlikni ta’minlash zarurati (ba’zi hollarda). Katta kredit olish uchun uchinchi tomon garovi yoki kafilligi talab qilinishi mumkin.
O‘zbekistonda taqdim etilayotgan iste’mol kreditlariga misollar.
Milliy bank O‘zbekiston (NBU): mikroqarz; kredit summasi - 100 mln so‘mgacha; kredit muddati - 3 yilgacha; foiz stavkasi: yillik 25% dan;
Sanoat qurilish banki (SQB): mikroqarz; kredit summasi - 100 mln so‘mgacha; kredit muddati - 4 yilgacha; foiz stavkasi: yillik 29% dan;
TBC bank: onlayn-kredit; kredit summasi - 100 mln so‘mgacha; kredit muddati - 3 yilgacha; foiz stavkasi - yillik 28-49% dan;
Hamkorbank: iste’mol krediti; kredit summasi - 200 mln so‘mgacha; kredit muddati - 5 yilgacha; foiz stavkasi - yillik 27% dan;
Asia Alliance Bank: iste’mol krediti; kredit summasi - BHM ning 500 barobarigacha; kredit muddati - 3 yilgacha; foiz stavkasi - yillik 27,99% dan.
Qanday qilib to‘g‘ri tanlov qilish kerak?
Muddatli to‘lov yoki kreditni tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
Xarid miqdori: agar xarid miqdori kichik bo‘lsa, foizlar yo‘qligi sababli muddatli to‘lov xizmatidan foydalanish afzalroq. Avtomobil yoki xonadon kabi yirik xaridlar uchun kredit afzalroq bo‘lishi mumkin.
To‘lov muddati: agar siz to‘lovni qisqa vaqt ichida amalga oshirishingizga amin bo‘lsangiz, muddatli to‘lov eng yaxshi yechim bo‘la oladi. Aks holda, muddati uzoqroq bo‘lgan kreditni tanlash yaxshidir.
Moliyaviy imkoniyatlar: o‘z vaqtida muddatli to‘lov yoki kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun daromad va xarajatlaringizni baholang.
Foiz stavkasi: eng foydali variantni tanlash uchun kreditlar va muddatli to‘lov bo‘yicha foiz stavkalari shartlarini solishtiring.
Kredit tarixi: agar sizda yaxshi kredit tarixi bo‘lsa, sizga qulay shartlarda kredit olish osonroq bo‘ladi. Kredit tarixi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, muddatli to‘lov yagona yechim bo‘lishi mumkin.
Muddatli to‘lov yoki kredit o‘rtasidagi tanlov - sizning moliyaviy imkoniyatlaringiz va ehtiyojlaringizga bog‘liq bo‘lgan individual qarordir. Biroq, aksariyat hollarda, foizlar yo‘qligi va rasmiylashtirish jarayonining oddiy shartlari sababli muddatli to‘lov yanada foydali variant hisoblanadi. Qaror qabul qilishdan avval har bir variant shartlarini diqqat bilan o‘rganib chiqing, foiz stavkalari va muddatlarni taqqoslang, moliyaviy imkoniyatlaringizni baholang.
Moliyaviy majburiyatlarga mas’uliyati munosabatda bo‘lish, farovonligingiz garovi ekanligini unutmang.

27.05.2025
В мире, где время — один из самых ценных ресурсов, технологии становятся не просто инструментом, а настоящими союзниками. Особенно это актуально для учителей: подготовка к занятиям, проверка тетрадей, индивидуальный подход к каждому ученику… и всё это за пределами 40-минутного урока. К счастью, искусственный интеллект (AI) пришёл на помощь — и делает это весьма убедительно.
Maqolani o'qib chiqish
06.03.2025
Biz sun’iy intellekt (SI) fantastik orzudan haqiqatga aylanib, smartfonlardagi ovozli yordamchilardan tortib, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqaradigan murakkab algoritmlargacha SI ishtirok etayotgan, hayotimizning barcha sohalariga kirib borayotgan davrda yashayapmiz.
Maqolani o'qib chiqish
10.09.2025
“Birinchi yarim yillik – bu mustahkamlik sinovi”, – deya ta’kidlashi mumkin mamlakatdagi har qanday tadbirkor. O‘zbekiston uchun 2025-yilning ilk yarmi aynan shunday sinov bo‘ldi – ham raqamlarda, ham biznes kun tartibi sifatida. Statistika tarafidan qaralganda, manzara ijobiy: iqtisodiyot tezlashdi, tashqi savdo kengaydi, biznes uchun moliya yanada qulaylashdi – jumladan, raqamli platformalar orqali.
Maqolani o'qib chiqish