
04.03.2025
Sizning kredit olish bo‘yicha arizangizga “Yo‘q” javobi berildimi?
Nima uchun arizangiz rad etilgani sabablarini ko‘rib chiqamiz!
Barchasiga raqamlar sabab!
Sizning kredit tarixingiz - shaxsiy kredit reytingingiz kabidir. Ushbu reyting qanchalik yaxshi bo‘lsa, banklarning sizga bo‘lgan ishonchi ham baland bo‘ladi. Aynan kredit tarixingiz asosida banklar sizning kreditga layoqatingizni baholaydilar.
Keling,kredit tarixi nima ekanligini ko‘rib chiqamiz.
Bu, kredit asosida olingan mablag‘larni qanday boshqarayotganingizni ko‘rsatib turuvchi moliyaviy portretingizdir: to‘lovlaringizni o‘z vaqtida amalga oshirasizmi, ko‘p miqdorda kredit olasizmi va shu kabi masalalar.
Nima uchun bu muhim?
Ijobiy kredit reytingi - bu foydali takliflar dunyosiga yo‘llanmangiz: kerakli jihozlar uchun kreditlardan tortib, xonadon uchun ipotekalar kabi. Shu sababli kredit olishda ijobiy reyting juda muhimdir.
Kredit reytingiga nimalar ta’sir qiladi? Kredit skoringini qanday yaxshilash mumkin?
Hammasijuda oddiy:
To‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lang: kechiktirilgan to‘lov sizning obro’yingiz uchun salbiy ta’sir qiladi.
Katta miqdorda kredit olmang: kredit limitini asta-sekinlik bilan oshirib borish yaxshiroqdir. Kredit tarixida aks ettirilgan moliyaviy obro’yingiz, bu moliyaviy erkinligingiz kalitidir.

25.03.2025
Shiddat bilan rivojlanayotgan ushbu zamonda hayotimizning har bir jabhasiga texnologiyalarni singdirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ularning yordami bilan sohalardagi mavjud muammolarni yengib, yanada qulay, xavfsiz va barqaror jamiyat qurish mumkin.
Maqolani o'qib chiqish
12.03.2025
Tasavvur qiling-a, mavjud bo‘lgan eng kuchli kompyuterlar ham yenga olmaydigan muammolarni hal qila oladigan super kompyuter ixtiro qilinsa. Bu ilmiy fantastika emas, balki bizning eshigimizni qoqib turgan haqiqat.
Maqolani o'qib chiqish